1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
Jamiyat
−
10 iyun 2024 5968 1 daqiqa
2024-2025 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari ayrim tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.
"Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi", deyiladi xabarda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr