Haydovchilar noqulay ob-havo sababli ogohlantirilmoqda
Jamiyat
−
12 dekabr 2019 8699 1 daqiqa
Ayrim hududlarda qalin tuman tushishi oqibatida avtomobil yo‘llarida ko‘rinish cheklanmoqda. Bu esa yo‘l harakati qatnashchilari uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi haqida YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bu yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biz barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini, ayniqsa, tuman tushganligini hisobga olishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, bosh boshqarma zarurat bo‘lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, ayniqsa, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘ragan.