Husiylar yana Isroil tomon raketa uchirdi
Olam
−
28 iyun 11350 1 daqiqa
Isroil armiyasi bugun, 28 iyun kuni ertalab Yamandan yangi raketa uchirilishini qayd etdi, u yerdan Isroil husiylar tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutiladi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.
Uning bayonotiga ko‘ra, bitta raketa Isroil tomon uchirilgan. Harbiylar uni ushlab qolishga harakat qilishgan.
“Raketa katta ehtimol bilan muvaffaqiyatli tutib olindi”, deb ta’kidladi Isroil armiyasi.
“Kan” davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, raketa tahdidi tufayli Isroil janubidagi bir qancha hududlarda havo hujumi haqida signal e’lon qilingan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Yaman husiylarining o‘zi ham Isroilning Beer-Sheva shahridagi nishonga raketa zarbasi berilganini e’lon qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr