Husanovning “Real”ga qarshi uchrashuvi qanday baholandi

Sport

image

Kecha, 17 mart kuni Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubini mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. Vinisius Junior 22-daqiqa va 90+3-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Mezbonlar safida yagona golni 41-daqiqada Erling Holand kiritdi.

Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq 90+daqiqa harakat qildi va birinchi bo‘limning yakunida sariq kartochka oldi. “SofaScore” portaliga ko‘ra, Abduqodirning maydondagi harakatlari 7,2 ballga baholandi. Taqqoslash uchun “Manchester Citi”ning boshqa himoyachilari Nunes 6,3, Diash, 6,5, Ait Nuri 6,5, Ake 6,5, Gehi 6,6 ball oldi.  

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Abduqodir Husanovning Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvi ham aynan “Real Madrid” ga qarshi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ham “shaharliklar” 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashgan.

Endilikda “Real Madrid” chorak finalda Germaniyaning “Bavariya” va Italiyaning “Atalanta” jamoalari o‘rtasidagi juftlik g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilikning ilk o‘yinida myunxenliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” “Real Madrid” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing