Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
28 mart 3565 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Husanovdan tashqari Rodri va Doku nomzodi ham mart oyining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi ko‘rsatilgan. G‘olibni aniqlash klubning rasmiy veb sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov ushbu oyda “Manchester Citi” safida uchta musobaqa doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Hozirda “shaharliklar” APL jadvalida 61 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov “Manchester Citi” safida fevral oyining eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.
Live
Barchasi