Hukumat Chilonzorda jamoat xavsizligini ta’minlashga oid maxsus qarorni qabul qildi
Jamiyat
−
13 iyun 2019
3935O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan:
• Toshkent shahri Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
• Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarni professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba joriy etilishi belgilandi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga “Xavfsiz bozor” loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi