Hindistonda mehmonxona yonib ketdi. O‘nlab qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 3 iyun kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahri janubidagi Malviya Nagar tumanida joylashgan mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, yana 47 kishi jarohatlandi. Bu haqda okrug deputati Satish Upadxyay ANI’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fojia tor ko‘chada joylashgan Flourish Stay B&B mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Mehmonxona 25 ta xonaga ega bo‘lib, 40 nafar mehmonga mo‘ljallangan. Binodagilarning aksariyati chet el fuqarolari bo‘lgan. Hodisa mehmonlar hali uxlayotgan vaqtda yuz bergan.

Mehmonxona restorani bosh oshpazining so‘zlariga ko‘ra, ertalab soat 8 atrofida u elektr plitasini yoqmoqchi bo‘lgan va shu payt to‘satdan alanga chiqib ketgan. Ko‘p o‘tmay butun bino olov ichida qolgan. Uning aytishicha, “yong‘in xavfsizligi xizmati va qutqaruvchilar zudlik bilan yetib kelgan”. Yong‘inni o‘chirishga sakkizta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan.

Bosh vazir Narendra Modi halok bo‘lganlarning oilalariga 200 ming rupiya (2000 dollar), jarohatlanganlarga esa 50 ming rupiya (520 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanishini e’lon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmaning shimoli-sharqida joylashgan Kaungtup qishlog‘ida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘lgandi. Yana 74 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston N'yu-Dehli Malviya Nagar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing