Hindiston bilan harbiy to‘qnashuvda pokistonlik 51 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
13 may 4390 1 daqiqa
Joriy yilning 6 mayidan 7 mayiga o‘tar kechasi Hindiston tomonidan sodir etilgan hujumlar oqibatida 40 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana 121 nafari jarohatlangan. Bu haqda Pokiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Pokiston bugun, 13 may kuni Hindiston bilan bo‘lgan so‘nggi harbiy to‘qnashuvda 11 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va 78 nafari yaralanganini ma’lum qildi.
Pokiston havo kuchlari qurbonlari orasida eskadron boshlig‘i Usmon Yusuf, bosh texnik Avrangzeb, katta texnik Najib, kaporal texnik Faruk va katta texnik Mubashshir bor.
Harbiylar, shuningdek, Hindiston tomonidan uyushtirilgan zarbalarda yetti nafar ayol va 15 nafar bola halok bo‘lganinini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Pokiston bilan keskinlik tufayli avvalroq yopilgan mamlakat shimoli va g‘arbidagi 32 ta aeroportni ochgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi