Armaniston Ozarbayjonni o‘t ochishda aybladi

Olam

image

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Armaniston bilan chegarada o‘t ochdi, oqibatda Armaniston armiyasining bir askari halok bo‘ldi. Bu haqda Armaniston harbiy boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

“4 dekabr kuni taxminan 14:35 Ozarbayjon Qurolli kuchlari Bardzrun tumanida (Vayots Dzor rayoni) joylashgan arman pozitsiyalari yo‘nalishida o‘t ochdi, oqibatda askar harbiy bo‘lim xodimi Gerasim Avetikovich Arakelyan o‘qdan jarohat olgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomonining ikki davlat chegarasida Armaniston qurolli kuchlari harbiy xizmatchisining o‘limiga aloqadorligi haqidagi ayblovlarini rad etdi. 

“Armaniston Mudofaa vazirligi tomonidan mamlakat armiyasi harbiy xizmatchisi Ozarbayjon Qurolli kuchlari pozitsiyalaridan ochilgani aytilayotgan otishma oqibatida halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made