Ozarbayjon Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi

Olam

image

Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Uch tomonlama bayonot qoidalarini ta’minlash, Qorabog‘ iqtisodiy hududida keng ko‘lamli provokatsiyalarga barham berish, qurolsizlantirish va Armaniston Qurolli kuchlari qo‘shinlarini hududlarimizdan chiqarib yuborish maqsadida mintaqada mahalliy antiterror choralari ko‘rildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanilgan tadbirlar doirasida Armaniston Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining oldinga va chuqurlikdagi pozitsiyalari hamda uzoq muddatli o‘q otish nuqtalari, shuningdek, jangovar vositalari va harbiy ob’ektlari yaroqsiz holga keltirilgan.

“Biz yana bir bor takrorlaymizki, tinch aholi va infratuzilma nishonga olinmaydi, faqat qonuniy harbiy nishonlarga o‘t ochiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Keyinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari Bakuning Ag‘damdagi pozitsiyalarini artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tuta boshlaganini ma’lum qilgan. Ularning ta’kidlashicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan hududlardan o‘t ochilgan.

(Tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan esa mintaqa ommaviy artilleriyadan o‘qqa tutilganini da’vo qilgan. Armanistonning “Aravot” nashrining xabar berishicha, tan olinmagan respublika poytaxti – Stepanakert shahrida artilleriya, pulemyotlardan o‘q otish va dron parvozlari ovozi eshitilmoqda. Boshqa bir nashr esa shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinganini yozmoqda.

Janglar boshlanganidan keyin Vardanyan Armaniston rahbariyatini Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga va uning fuqarolarini himoya qilishga qo‘shilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 sentyabrga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankga qarshi mina portlab ketishi ortidan bir necha ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Baku Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made