Bo‘stonliqda qo‘l tormozi tortilmagan Captiva kanalga tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
15 iyun 6010 1 daqiqa
Kecha, 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududidan oqib o‘tgan Qoronqul kanaliga Captiva rusumli avtomobil tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:43 da Bo‘stonliq tumani “Qoronqul” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoronqul kanaliga Captiva rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgani haqida FVBBga xabar kelib tushgan.
Viloyat FVBB qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.
Aniqlanishicha, haydovchi avtomobilni to‘xtatgach, qo‘l tormozini tortib qo‘yishni unutgan. Oqibatda transport vositasi o‘z-o‘zidan harakatlanib, kanalga tushib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida elektromoped 8 nafar odam bilan kanalga tushib ketgan edi.
Live
Barchasi