Toshkentda 5 ming dollar pora olgan inspektorlar ushlandi
3-sahifa
−
09 iyun 4756 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Soliq inspeksiyasining ikki nafar inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, inspeksiyaning ikki nafar inspektori o‘zaro til biriktirgan holda xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi” AJdan uchta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilgan.
Ular o‘zlarining tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MCHJning ochiq savdo tenderida g‘olib bo‘lishini ta’minlash va do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida fuqaroga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni tugatib yuborish evaziga 40 ming dollar talab qilgan tergovchi va advokat qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi