Farg‘onada 101 ming dollar pora so‘ragan soliqchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida Soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari imkoniyati orqali, mazkur tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan 10 gektar yer maydonini namanganlik tadbirkorga kelgusida sayyohlik maskani tashkil etishi uchun ajratib berishni va’da bergan. Evaziga esa 95 ming AQSH dollari hamda yer maydoni toifasini o‘zgartirib berish evaziga 6 ming AQSH dollari, jami 101 ming AQSH dollari talab qilgan

Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28-211-moddasi (pora berish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora firibgarlik Farg'ona Soliq inspektsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing