Isroil Eronga qarshi yolg‘iz qolishi mumkin – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan so‘nggi 24 soat ichida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida uni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirmaslikka chaqirgan. Bu haqda u N12 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, agar Isroil hujumlari keng ko‘lamli urushga aylanib ketsa, Tel-Aviv Eronga qarshi kurashda yolg‘iz qolishi mumkin.

“Nima qilayotganingda juda ehtiyot bo‘lishing kerak, chunki tez orada Eronga qarshi yolg‘iz qolib ketishing mumkin”, deya Tramp Netanyaxuni ogohlantirgan.

Shuningdek, Tramp kecha, 8 iyun kunigi suhbat davomida Isroil rahbaridan Eronning raketa hujumlariga javob zarbalari bermaslikni so‘raganini aytgan. Biroq suhbat yakunida Netanyaxu qanday qaror qabul qilishi haqida aniq javob bermagan.

Ma’lum bo‘lishicha, suhbatdan keyin Netanyaxu Isroil mudofaa tizimi rahbarlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan va keyinchalik AQSH davlat kotibi Marko Rubioga Eronga hujum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Isroilning rejalari haqida juda kech xabardor qilingan.

“Isroilliklar bizga juda kech bosqichda ma’lumot berdi. Ular allaqachon Eron tomon yo‘l olgan edi. Men hujum ko‘lamini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldim”, deydi u.

Tramp mintaqadagi bir qator davlatlar Vashingtondan Netanyaxuga bosim o‘tkazib, hujumlarni to‘xtatish va diplomatik kelishuvga erishishga yordam berishni so‘raganini ham ma’lum qilgan. Shuningdek, Eron ham Vashington bilan bog‘lanib, Isroilga yangi hujumlar qilmasligini bildirgan va AQSHdan Isroil zarbalarini ham to‘xtatishga yordam berishni so‘ragan.

“Bugun ertalab eronliklar biz bilan bog‘landi va endi Isroilga hujum qilmasliklarini aytdi. Ular bizdan Isroilga hujumlarni to‘xtatishni so‘rashdi”, degan Tramp.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuvga erishish imkoniyati saqlanib qolayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, Tehron ham bunday bitim imzolashdan manfaatdor va tomonlar o‘rtasida maqbul kelishuvga erishish imkoniyati hali ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tramp Isroil kelishuv harbiy harakat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing