Qarshidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq xabar qilingan Qashqadaryo viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlashda 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 5 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda FVV xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi tumani “Chaman” MFYda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:05 da o‘rab olingan va soat 14:55 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 4 ta avtomobil – 2 ta Cobalt, 2 ta gaz tashishga mo‘ljallangan avtomobil hamda 2 ta yer ostidagi yonilg‘i saqlash rezervuari yonib zararlangan.

Oqibatda 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Hukumat komissiyasiga jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, portlash oqibatlarini bartaraf qilish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Bildirilishicha, hozirda yong‘in sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olinib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qarshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing