Qirg‘izistonlik chegarachilar o‘zbekistonlik erkakni kuch ishlatib olib ketdi (video)

3-sahifa

image

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rishton–So‘x yo‘nalishidagi chegara-nazorat o‘tkazish hududida, Qirg‘iziston Respublikasining “Qaypas” chegara o‘tkazish punktida O‘zbekiston fuqarosi va Qirg‘iziston chegara xizmati xodimlari o‘rtasida nizo aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan So‘x tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi chegara xizmati xodimlari hamda So‘x tumanida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqqan.

Axborotda aytilishicha, fuqaro O‘zbekiston hududiga olib kelingan. Shuningdek, ikki tomon mas’ullari va fuqaro ishtirokida muloqot o‘tkazilib, vaziyat tinch yo‘l bilan bartaraf etilgan. Tomonlar yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun o‘zaro uzr so‘ragan.

Shuningdek, munosabatda holat to‘liq nazoratga olingani va ayni paytda tegishli idoralar bilan hamkorlikda har tomonlama o‘rganilayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi “Qoplonbek” chegara o‘tkazish punktida noma’lum shaxs olti qirrali buragich (“otvertka”) bilan qo‘rqitib, O‘zbekistondan o‘tgan shaxslardan “ulush” talab qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chegara Qirg'iziston So'x chegarachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing