Tungi hujum: Stavropoldagi kimyo zavodi yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
16 may 3354 1 daqiqa
Bugun, 16 mayga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Stavropol o‘lkasi hududiga hujum qildi. Nevinnomissk shahridagi “Azot” kimyo zavodi yaqinida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng zavod hududida yong‘in chiqqani aytilmoqda. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Stavropol gubernatori Vladimir Vladimirov rasmiy bayonot berib, havo mudofaasi kuchlari dron hujumini qaytarganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan va zavod hamda unga yaqin sanoat ob’ektlariga jiddiy zarar yetmagan.
Bu to‘liq ko‘lamli urush paytida zavodga qilingan kamida oltinchi hujum bo‘lib, uning mahsulotlari sanoat ishlab chiqarishida, ayrim holatlarda esa harbiy yo‘nalishda ham ishlatiladi. Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, atigi bir kechada Rossiya havo mudofaasi tizimlari Rossiya hududi ustida 138 ta Ukraina dronini zararsizlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida Ukrainaning Kiyev, Dnepr, Xarkov, Xerson hamda Zaporoje hududlarida portlashlar va yong‘inlar yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may