Rossiyaning qo‘lida 5 ta ssenariy bor – Zelenskiy
Olam
−
12:01 1613 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga qarshi urushni mamlakat shimoli orqali kengaytirish bo‘yicha beshta mumkin bo‘lgan ssenariysi borligini aytdi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.
Uning aytishicha, Oliy qo‘mondonlik shtabi yig‘ilishida Rossiyaning Chernigov – Kiyev yo‘nalishidagi ehtimoliy hujum rejalari yuzasidan razvedka ma’lumotlari tahlil qilingan.
“Ukraina albatta o‘zini himoya qiladi. Hozirgi vazifamiz – Rossiyaning shimol orqali urushni kengaytirish bo‘yicha beshta ssenariysidan birortasi ham amalga oshmasligi uchun davlatimizni yanada kuchaytirish”, dedi Zelenskiy.
Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya ehtimoliy yangi hujumga qaror qilsa, Ukraina bunga javob choralarini allaqachon tayyorlashni boshlagan. Shu sababli mamlakat shimolidagi harbiy kuchlar soni ham oshiriladi.
Zelenskiy Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Belarusga nisbatan qo‘shimcha diplomatik bosim choralarini ishlab chiqish topshirilganini ham bildirdi. Chunki ukrainaliklar Rossiyani Minskdan urushni kengaytirish uchun foydalanilishi mumkin deb hisoblamoqda. Avvalroq, Rossiya Belarusni Ukrainaga qarshi keyingi harbiy harakatlarga jalb etishga urinayotgani va bu masalada Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar olib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, Ukraina razvedka xizmatlariga ham bu borada maxsus topshiriqlar berilgani aytilgan.
Joriy yilning 18 may kuni Belarusda yadroviy qurolni qo‘llash va uni ta’minlash bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Ushbu mashg‘ulotlarda Rossiya harbiylari ham ishtirok etmoqda.
Urushni o‘rganish instituti (ISW) esa Moskva bu mashg‘ulotlar orqali Ukraina ittifoqchilariga bosim o‘tkazishga urinayotganini bildirgan. Tahlilchilarga ko‘ra, Kreml shu yo‘l bilan frontdagi muvaffaqiyatsizliklardan e’tiborni chalg‘itishga harakat qilmoqda.
Live
Barchasi