Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi bo‘lgan erkak qamaldi (video)
3-sahifa
−
24 aprel 2167 2 daqiqa
Toshkent shahrida Suriyaga borib, jangarilar guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan erkak 6 yilga qamaldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Qoraqamish mavzesida yashagan, 2018 yilda Suriyaga ketib, jangari guruhlarga qo‘shilgan Hasan ismli shaxs Instagram orqali yoshlarni aldash va qurolli mojarolarga jalb qilishga uringan. 30 yoshli M. ismli shaxs uning chaqiriqlariga aldangan.
“Bir bola bilan salom-aligim bor edi. Yoshligimda, maktabda taniganman. 2024 yil mobaynida shu diniy terroristik videolarni ko‘rib ishqiboz bo‘lib qoldim. Instagram’da gaplashganman, o‘sha yerdaligini aytgan. Keyin u meni manashu yerdaman deb, ta’sir doirasiga tushirib qo‘ydi”, deydi erkak.
U oilasi, farzandlari va ota-onasini tashlab, Hasanning ko‘rsatmalari bilan Qozog‘iston orqali Suriyaga ketish rejasini tuzgan. Samolyotga chipta olish uchun mashinasini ham sotishga uringan.
“Turkiyaga uchib kelsang o‘zim kutib olaman. Olib kirib ketamiz, dedi”, deydi erkak.
U birga ishlaydigan qarindoshlariga janglarda qatnashish farz ekan haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan va ularni ham Suriyaga ketishga chaqirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘rt qarindosh yigitni qo‘lga olgan va ular diniy ekstremizm mazmunidagi ma’ruzalarni tinglagani aniqlangan.
Erkak Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 244-2-moddasining (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning sheriklariga ham qonuniy chora ko‘rilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushda qatnashgan samarqandlik 25 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklangan edi.
Live
Barchasi