Braziliyadagi stadion tomi musobaqa paytida yonib ketdi (video)
Sport
−
09 aprel 8633 1 daqiqa
Kecha, 8 aprel kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi stadion tomi qilichbozlik bo‘yicha turnir vaqtida yonib ketdi. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) holat yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 apreldan boshlab Olimpiya velodromida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining saralash bahslari o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Biroq kecha, 8 aprel kuni yong‘in chiqib, binoning tomi yonib ketgan.
“Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda ob’ekt bo‘sh bo‘lgan va mahalliy hokimiyat organlari jabrlanganlar yo‘qligini tasdiqlashdi. O‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari xavfsizligi va farovonligi bizning mutlaq ustuvor vazifamizdir”, deyiladi FIE bayonotida.
Turnir Rio-de-Janeyroda 1 apreldan 9 aprelgacha “Arena Karioka” va Olimpiya velodromida bo‘lib o‘tmoqda. Yong‘indan so‘ng turnirning qolgan qismi faqat “Arena Karioka”da o‘tkaziladigan bo‘ldi.
“Barcha jalb qilingan jamoalarning tezkor harakati ish jarayonini zudlik bilan qayta tashkil etish va musobaqani xavfsiz hamda belgilangan muddatda davom ettirish imkonini berdi”, deya ma’lum qildi federatsiya.
Live
Barchasi