Andijonda bekat yonib ketdi
3-sahifa
−
17:35 1043 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni Andijon viloyatining Andijon shahridagi bekatda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:20 da 112 tizimi orqali shaharning “Yaxshi” MFY, Pirmuhamedov ko‘chasi yo‘l bo‘yida joylashgan bekatda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:25 da hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in soat 16:32 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida bekatning 20 kvadrat metr maydoni zararlangan.
Bildirilishicha, yong‘inda tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobili yongandi.
Live
Barchasi