Qariyalar uyidagi yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Shri-Lankaning g‘arbiy qismida joylashgan qariyalar uyida kecha, 3 iyun kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 12 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kecha, 3 iyun kuni kechqurun Anguruvatota shahridagi qariyalar uyida boshlangan. Politsiya vakili Fredrik Vutlerning aytishicha, muassasadan 51 nafar kishi qutqarib qolingan. U yerda ruhiy kasallikka chalingan shaxslar ham yashagan.

Qariyalar uyi direktori ehtiyotsizlik oqibatida odamlar o‘limiga sabab bo‘lishda gumonlanib hibsga olingan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bino ichki qismi deyarli butunlay yonib ketgan, mebel va jihozlar kuyib kul bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari esa bino yaqinida yotgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish va uning yanada kengayib ketishining oldini olish choralarini ko‘rgan. Qutqarib qolingan fuqarolar esa politsiya va harbiylar ko‘magida avtobuslarga joylashtirilib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Nyu-Dehli shahri janubidagi Malviya Nagar tumanida joylashgan mehmonxonada yong‘in yuz bergani oqibatida 21 kishi halok bo‘lib, yana 47 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Shri-Lanka qariyalar uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing