Eronlik Nobel mukofoti laureati qamoqda yurak xurujiga uchradi

Olam

image

2023 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan eronlik huquq faoli va “Inson huquqlari himoyachilari” tashkilotining sobiq vitse-prezdidenti Nargiz Muhammadiy Eron qamoqxonasida og‘ir ahvolda yurak hurujini boshdan kechirmoqda. Bu haqda uning oila a’zolariga tayanib, BBC xabar berdi.

Nargizning hozirda Norvegiyada istiqomat qiluvchi ukasi Hamidrizo Muhammadiyning aytishicha, opasi Eronning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan “Zanjon” qamoqxonasida yurak xurujini boshdan kechirgan. Shuningdek, u opasining hayoti xavf ostida qolganidan qo‘rqayotganini bildirgan.

“Opam o‘tgan hafta “Zanjon” qamoqxonasidagi mahbuslar tomonidan karavotida behush holda topilgan. So‘ngra uni qamoqxona lazaretiga olib borishgan, ammo rasmiylar uning o‘pkasi va yuragida muammolari bo‘lishiga qaramay, shifoxonaga o‘tkazishdan bosh tortishgan”, deydi Hamidrizo Muhammadiy. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, opasi qon bosimining keskin o‘zgarishidan ham aziyat chekmoqda. Shuningdek, uning aytishicha, bir oy oldin Eron bilan AQSH-Isroil urushi oqibatida qamoqxona yaqiniga berilgan ballistik raketa zarbalari ham uning asab tizimlariga jiddiy zarar yetkazgan.

Shuning uchun u Eron hukumatidan Nobel mukofoti laureati va huquq faoli Nargiz Muhammadiyni sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun zudlik bilan ozod qilishni talab qilgan.

“Uning bolalariga juda qiyin bo‘ldi. Uning bolalari ko‘p qiyichiliklarni boshdan kechirishdi. Ular onalarini yana ko‘rishadimi yoki onasi qamoqxonada halok bo‘ladimi”, deya o‘z so‘zini yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli faol ayol “jinoyat sodir etish maqsadida yig‘ilishlarda qatnashish va fitna uyushtirish” ayblovi bilan 6 yil, shuningdek, “targ‘ibot olib borish” uchun 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.  

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Nobel' mukofoti yurak xuruji laureati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing