Putin migrantlarni ishdan bo‘shatish asoslarini kengaytirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijiy ishchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi. Hujjat Rossiyaning rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Endi ish beruvchilar mintaqaviy ish o‘rinlari limitini oshirgan migrantlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu hujjat bilan Rossiya Mehnat kodeksining 327.6- moddasiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Qonun 2026 yil 1 martdan kuchga kiradi.

Tashabbus “Yangi odamlar” (“Noviye lyudi”) fraksiyasiga mansub deputatlar tomonidan Davlat Dumasiga kiritilgan. Ularning fikricha, bu ishdan bo‘shatilgan xodimlar tomonidan sudga berish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

2014 yildan beri Rossiya sub’ektlariga xorijiy ishchilarni jalb qilish bo‘yicha yillik limitlarni belgilash huquqi berilgan. Shu holatda korxonalar migrantlar sonini kamaytirishi shart, aks holda ularga ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi: yuridik shaxslarga 800 mingdan 1 million rublgacha jarima yoki ikki haftagacha faoliyatni ma’muriy to‘xtatib turish jazosi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburg rasmiylari ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan mehnat migrantlariga nisbatan taksichilik va kurerlik xizmatlarida ishlashga qo‘yilgan taqiqni 2026 yilgacha uzaytirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Novыe lyudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing