Pashinyan Aliyevga rahmat aytdi
Olam
−
22 Oktabr 5999 1 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga yuk tranziti bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u bugun, 22 oktyabr kuni Tbilisida o‘tayotgan V “Ipak yo‘li” forumida so‘z ochdi.
“Kecha Ilhom Aliyev Ozarbayjon Armanistonga yo‘nalgan yuk tranzitiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilganini e’lon qildi. Bu nihoyatda muhim bayonot va men bu qadam uchun Ozarbayjon Prezidentiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, ushbu kelishuvga erishishda tutgan o‘rni uchun Qozog‘iston Prezidentiga va Gruziya Bosh vaziriga ham minnatdorlik bildiraman”, deydi Armaniston Bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonga davlat tashrifi chog‘ida Armanistonga yuk tranzitiga oid barcha cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qilgan edi.
Qayd etish joiz, joriy yilning avgust oyida Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida Vashingtonda ikki davlat o‘rtasida tinchlik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagandi.
Live
Barchasi