Qirol Charlzning ukasi Epshteyn sabab unvonidan voz kechdi

Olam

image

Bir paytlar qirolicha Yelizaveta II ning sevimli o‘g‘li sifatida tilga olingan va jasur harbiy ofitser sifatida yoshligida maqtovlarga sazovor bo‘lgan Britaniya qirollik oilasi a’zosi shahzoda Endryu Endi jamoatchilik nazarida doimo voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan shaxs sifatida qoladi.

65 yoshli Endryu kecha, 17 oktyabr kuni bir necha yillik tanqidlardan so‘ng “York gersogi” unvonidan voz kechishini ma’lum qildi. Bu tanqidlar asosan marhum, obro‘si to‘kilgan AQSH moliyachisi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq aloqalari sababli kelib chiqqan edi.

Qirol Charlzning ukasi bo‘lmish shahzoda Endryuga Virjiniya Djeffri tomonidan ayblov qo‘yilgan. Uning da’vo qilishicha, Endryu uni voyaga yetmagan paytida Epshteyn yoki uning hamkorlariga tegishli uy-joylarda jinsiy zo‘ravonlikka duchor qilgan. 2022 yil fevral oyida shahzoda Endryu unga qarshi AQSHda qo‘zg‘atilgan sud ishini yashirin kelishuv asosida ma’lum bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya to‘lab yakunladi.

Qirolicha yonida

Aybini tan olmagan bo‘lsa-da, Endryu Epshteyn bilan munosabatlari va o‘z nomini oqlash umidi bilan BBC'ga bergan, ammo fojiali yakunlangan intervyusidan so‘ng faol vazifalaridan chetlatilgan edi. Undan harbiy unvonlari, homiyliklari va “Zoti shariflari” (His Royal Highness) maqomi ham olib qo‘yildi.

“Men hech qachon haqiqiy ma’noda bazmlarda qatnashmaganman. 80-yillar boshlarida biroz vaqt yolg‘iz yurganman, ammo uylangandan keyin juda baxtli edim va hech qachon alohida sayr-sayohat yoki bazmlarga hojat sezmaganman. Jeffrining (Epshteyn) oldiga borishim ham bayram qilish uchun emas edi”, dedi u BBCga.

Xalq mehridan tobora mahrum bo‘lib borgan Endryuni oilasi ham cheklay boshladi. Ularning nazarda, u butun qirol xonadoni obro‘siga doimiy putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noqulay yuk edi.

Faqat marhuma onasi – qirolicha Yelizaveta II – unga nisbatan mehrini saqlab qolgandek tuyulardi. 2022 yil mart oyida marhum shahzoda Filippning xotira marosimida uni onasini qo‘ltiqlab kiritayotgan holda ko‘rishdi.

Shundan keyingi ommaviy chiqishlari faqat katta oilaviy marosimlar bilan cheklandi – o‘sha yilgi qirolichaning dafn marosimi va 2023 yilda akasi qirol Charlzning toj kiyish marosimi kabi.

Karerasining boshlarida u 22 yil dengiz floti saflarida xizmat qilgan. 2001 yilda esa Buyuk Britaniyaning Xalqaro savdo va investitsiyalar bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan – ta’sirli lavozim, ammo Epshteyn bilan bog‘liq mojarolar tufayli tanqidlar ostiga tushguncha ushbu rol unga katta obro‘ keltirgan edi.

Ungacha shahzoda Endryu eng ko‘p 1986 yildagi nikohi bilan mashhur bo‘lgan – uning to‘ydagi yorqin tabassumi va qizg‘ish sochlari bilan tanilgan Sara Fergyusonga uylanishi gazetalar tomonidan “Fergi” deb atab yoritilgandi.

1992 yilda ular ajrashdi – bu paytga kelib Endryu qirollik xizmatidan vazirlikdagi ish stoliga o‘tib, uyda ko‘proq vaqt o‘tkaza boshlagandi. Bu yil qirollik oilasi uchun sinovli va mojaroli yil bo‘lib, qirolicha uni “annus horribilis” – “dahshatli yil” deb atagan.

Aytishlaricha, Endryu turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan tushkunlikka tushgan va Sara uni mehribon, kuchli sevgiga munosib erkak deb ta’riflagan.

Juftlik ikki farzand – Beatris va Yevgeniyani tarbiyaladi. Ular 1996 yilda ajrashgan bo‘lsalar ham, yaxshi munosabatlarni saqlab qoldi, birga ta’tilga chiqishar va hatto bir uyda yashashda davom etar edilar.

“Havoda uchuvchi shahzoda”

Harbiy xizmatdan ketganidan keyin ham Endryuning shaxsiy hayoti gazetalar sarlavhasidan tushmadi. Tabloid nashrlar uni turli ayollar – suzish kiyimlari modellari, biznesmen xotin-qizlar bilan bog‘lab yozdi. Yaxtalarda kulib yurgani yoki yalang‘och ayollar orasida quyoshda hordiq chiqarayotgan suratlari e’lon qilindi. Matbuot uni havoda tinmay uchib yuruvchi hayot tarzi uchun “Air Miles Andy” deb atadi.

Ammo uning uzoq yillik do‘sti – bolalarga nisbatan jinoyatlarda ayblanib, 2008 yili qamalgan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan munosabatlari uni ta’qib qila boshladi. 2011 yilda u xalqaro savdo elchisi sifatidagi lavozimini tark etdi. 2015 yili esa Virjiniya Djuffre unga qarshi rasmiy ayblov arizasi bilan chiqdi.

Tanqidchilarga ko‘ra, uning tanazzuli o‘zini ustun his qilish, manmanlik va imtiyozlarga odatlanganlik oqibati edi. ITV telekanali hujjatli filmida sobiq qirollik himoyachisi aytishicha, agar Endryuning to‘shagidagi o‘yinchoq ayiqchasini kimdir joyidan siljitsa, u g‘azab otiga minar ekan.

Obro‘si pasayib borarkan, Endryu diqqatini “Pitch@Palace” nomli loyihasiga qaratdi – bu tashabbus yosh IT tadbirkorlariga sheriklar va sarmoyadorlar topishda qirollik aloqalaridan foydalanishni maqsad qilgan edi.

Biroq uning qirollik dunyosi qulashiga sabab bo‘lgan voqea BBC telekanaliga bergan halokatli intervyu bo‘ldi – u jamoat oldida Virjiniya Jeffri aytgan “Londondagi klubda raqqosa bilan terlab raqsga tushgan” uchrashuv haqidagi da’voni rad etmoqchi bo‘lgandi.

U, shuningdek, Epshteyn tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini aytganlarga nisbatan hech qanday hamdardlik ko‘rsatmagani uchun tanqid qilindi. Shu bilan birga, moliyachi bilan do‘stligi uchun “afsuslanmasligini” aytgani yanada jamoat g‘azabini kuchaytirdi.

Keyinchalik rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechar ekan, quyidagi bayonotni berdi:

“Men Jeffri Epshteyn bilan bo‘lgan noto‘g‘ri, noo‘rin munosabatim uchun mutlaqo pushaymonligimni yana bir bor ta’kidlayman”.

Biroq bu bayonot ham uning obro‘sini saqlab qolishga yetarli bo‘lmadi – jamoat oldidagi ishonch allaqachon yo‘qotilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya shahzoda Endryu Jeffri Epshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing