Latviyada yangi xavfli narkotik aniqlandi

Olam

image

Latviyada inson salomatligi uchun juda xavfli bo‘lgan yangi sintetik opioid – “spiroxlorfin” aniqlandi. Kasalliklarni oldini olish va nazorat markazi (SPKC) ushbu modda hamda uni o‘z ichiga olgan mahsulotlarga vaqtinchalik taqiq joriy etdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, bu modda ilk bor o‘tgan kuzda aniqlangan. Ammo huquq-tartibot idoralari batafsil izoh berishdan bosh tortdi, faqat o‘tgan yil noyabr oyi oxirida bu haqda SPKCni xabardor etganini ma’lum qildi.

Spiroxlorfin — fentanilga nisbatan ikki baravar kuchli ta’sir ko‘rsatadigan narkotik modda bo‘lib, uning iste’moli inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi va hatto hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. SPKC spiroxlorfin va uni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish, pochta orqali jo‘natish va tarqatishni joriy yil yil dekabrgacha vaqtinchalik taqiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Latviya narkotik “spiroxlorfin”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing