Daniya zaxiradagi askarlarni zudlik bilan harbiy xizmatga chaqirdi

Olam

image

Daniya Qurolli kuchlari zaxiradagi askarlarni zudlik bilan harbiy xizmatga chaqirishni boshladi. Bu haqda TV2 xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr kuni yuzlab zaxiradagi harbiy xizmatchi armiyaga chaqirilgan va ular tez orada mamlakat mudofaasiga yetib kelishi kutilmoqda.

Mamlakatning xavfsizlik siyosati bo‘yicha maslahatchisi va Daniya Qurolli kuchlari vakili Jeykob Karsboning so‘zlariga ko‘ra, chaqiruvlar shu hafta oxirida mamlakat poytaxti Kopengagenda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Mamlakatimiz atrofida Rossiya kemalari suzib yuribdi. Bu butunlay favqulodda vaziyatda ekanligimizdan dalolat beradi. Shuning uchun biz favqulodda choralarni ko‘ryapmiz. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu hafta sodir bo‘ladigan barcha voqealar biz uchun muhim. Ishonchim komilki, barcha xavfsizlik choralari ko‘riladi”, deydi Jeykob Karsbo.

Daniya zaxiradagi xodimlar tashkiloti raisi Yesper Shnayder so‘nggi favqulodda chaqiruv qachon bo‘lganini aytmagan. Biroq, uning tushuntirishicha, zaxiradagi xodimlar muntazam ravishda ham o‘quv, ham tezkor vazifalar uchun chaqiriladi. Raisning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha kuchlarni chaqirish odatiy hol emas.

Qayd etish joiz, hozirda Daniya mudofaasidagi zaxiradagi askarlarning aniq soni haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo 2013 yilda Daniya zaxiradagi askarlar sonini 3000 nafar deb hisoblagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya fuqarosi bo‘lgan ayollarni harbiy ro‘yxatga olish va zarurat tug‘ilganda ularning muddatli harbiy xizmat o‘tashi tartibi kuchga kirgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Daniya askarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing