Tramp, Grenlandiyadan qo‘lingni tort – Daniya
Olam
−
10:19 4244 1 daqiqa
Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lekke Rasmussen AQSH Prezidenti Donald Trampni Grenlandiyaga “qo‘l tekkizmaslikka” chaqirdi. Vazirning bu haqdagi so‘zlarini “Bloomberg” nashri keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, AQSH tomonidan orolga qilingan har qanday hujum butun Daniya qirolligiga qilingan hujum sifatida qabul qilinadi.
Rasmussen Daniya AQSHning Grenlandiyani topshirish haqidagi talablariga bo‘ysunmasligini aytib, Trampning pozitsiyasiga izoh berish uchun AQSH elchisini TIVga chaqirganini ma’lum qilgan.
“Qirollikning bir qismiga qilingan hujum – butun qirollikka qilingan hujumdir”, degan TIV rahbari.
Shuningdek, Rasmussen Grenlandiya NATO himoyasi ostida ekanini ham ta’kidlagan.
Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen ham orolni AQSHga topshirish ehtimolini rad etgan.
“Grenlandiya grenlandiyaliklarga tegishli va uning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi kerak”, degan Yens-Frederik Nilsen.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Tramp Luiziana shtati gubernatori, respublikachi Jeff Lendrini Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlaganini e’lon qilgan edi. Lendri tayinlov uchun Trampga minnatdorlik bildirib, AQSHning orolni sotib olish niyatini tasdiqlagan. Keyinchalik Tramp Grenlandiya AQSHga tabiiy resurslar uchun emas, balki milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur ekanini aytgan. Yens-Frederik esa AQSHning orolni egallash istagidan afsus bildirgan.
Live
Barchasi