Xitoyda oltingugurt kislotasidan zavod xodimlari zaharlandi
Olam
−
30 Sentabr 1456 1 daqiqa
Joriy yilning 29 sentyabr kuni ertalab Xitoyning markaziy qismida joylashgan Shanchen tumanidagi Hexin Chemical zavodi hodimlari oltingugurt kislotasidan zaharlandi. Bu haqda “Xinhua News” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oltingugurt kislotasi saqlash idishidan sizib chiqib, zavodning yomg‘irli suv tizimi orqali vodorod culfidi bilan reaksiyaga kirishgan. Shundan so‘ng, o‘tkir modda zavod hududiga oqib kirib, zaharli bug‘larni hosil qilgan.
Fojia oqibatida zavodning besh ishchisi halok bo‘lgan va bir nafari jarohat olgan. Yana ikki xodim yengil jarohat olgan.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, yaradorlardan birining ahvoli og‘ir. Ikki nafar xodimning holati barqaror.
“Barcha xodimlar voqea joyidan evakuatsiya qilindi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroqning markaziy va janubiy qismida joylashgan Najaf va Karbalo shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda 621 nafar ziyoratchi xlordan zaharlanishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi