Braziliyaning sobiq prezidentida “rak” aniqlandi

Olam

image

Avvalroq, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, unga teri saratoni tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda bugun, 18 sentyabr kuni “Reuters” xabar berdi.

“Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, ikkita o‘simta teri saratonining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bu muammo allaqachon olib tashlash yo‘li bilan hal qilindi, ammo yangi “o‘choqlar” yo‘qligiga va olib tashlash to‘liq amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish uchun muntazam kuzatuv zarur”, deydi Bolsonaruning shifokori Klaudio Birolini jurnalistlarga.

Bolsonaru qusish, bosh aylanishi va past qon bosimi tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Hozir uning ahvoli yaxshilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud Jair Bolsonaruni davlat to‘ntarishida ayblab, 27 yil va uch oy qamoq jazosiga hukm qilgan edi. U 4 avgustdan beri uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Bolsonaru 2019 yildan 2023 yilgacha prezident lavozimini egallagan, undan so‘ng hokimiyat Luis Inasiu Lula da Silvaga o‘tgan. 2023 yil yanvar oyida Bolsonaru tarafdorlari saylov natijalaridan norozi bo‘lib, mamlakat poytaxti Braziliyada norozilik namoyishlari va tartibsizliklar uyushtirib, hukumat binolarini egallashga uringan. Namoyishlar politsiya kuchlari tomonidan bostirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saraton Jair Bolsonaru rak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing