Tramp Qatar Bosh vaziri bilan uchrashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 12 sentyabr kuni Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga ma’lum qildi. 

Amerika yetakchisining press-pulidan olingan xabarga ko‘ra, “Oq uy Prezident Tramp rejalashtirilganidek Qatar Bosh vaziri bilan birga ovqatlanganini tasdiqlagan”. Biroq uchrashuvda nimalar muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Vashington ma’muriyati Tramp va uning tinchlik missiyalari bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff 12 sentyabr kuni Qatar Bosh vaziri bilan uchrashishini ma’lum qilgandi. 

Amerikaning “Politico” gazetasi 11 sentyabr kuni Qatar Bosh vaziri Nyu-York va Vashingtonga tashrif buyurib, Tramp, Uitkoff, AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishi haqida xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, tomonlar Isroilning Dohaga bergan zarbasini, shuningdek, G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Qatar Stiven Uitkoff Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing