Uyushgan jinoiy guruh a’zosi “Shukun” qo‘lga olindi (video)
Olam
−
04 Sentabr 14972 1 daqiqa
Qirg‘izistonda o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun muqaddam sudlangan, “Shukun” laqabi bilan tanilgan shaxs ushlandi. Bu haqda mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruh a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan. Jinoiy doiralarda ancha tanilgan T.Sh.T. jinoiy g‘oyani faol ravishda tarqatib, unga yoshlarni jalb qilgan, shuningdek, hududda yashirin iqtisodiy oqimlarni nazorat qilgan.
Erkak qo‘lga olingan vaqtda giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan. U vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik marhum kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning tansoqchisi Ulan Barchakeyev Moskva shahrida qo‘lga olingandi. 53 yoshli Barchakeyev jinoyat olamida “Uzun Ulan” laqabi bilan tanilgan. U Qamchibek Ko‘lboyevning yaqin va ishonchli odami bo‘lgan va uning shaxsiy xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan.
Live
Barchasi