AQSH-Meksika chegarasida noqonuniy migrantlar soni oshdi – OAV
Olam
−
30 avgust 2375 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning siyosatiga qaramay Amerika-Meksika chegarasida migrantlarning noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tishga urinishlari sezilarli darajada ko‘paygani qayd etildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Post” nashri xabar berdi.
“Bu oyda chegarachilar 7200 dan ortiq noqonuniy o‘tish holatlarini qayd etdi, bu esa iyul oyida qayd etilgan 4600 migrantga nisbatan 57 foiz ko‘p. O‘sha paytda bu ko‘rsatkich tarixda rekord darajada past bo‘lgan edi”, deyiladi nashr xabarida.
Chegara patruli xodimlari ham nashrga so‘nggi paytlarda tajovuzkor va jinoyat sodir etishga moyil noqonuniy migrantlar soni ko‘payganini bildirgan.
Qayd etish joiz, joriy yilning yanvarida inauguratsiya kuni Tramp noqonuniy migrantlarning AQSH hududiga kirib kelishini darhol to‘xtatishga va millionlab migrantlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlashga va’da bergan edi. Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlarning janubiy chegarasidagi vaziyat munosabati bilan mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimini joriy etgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida Donald Tramp Meksika bilan chegarani qora rangga bo‘yash haqida buyruq bergan edi. Trampning aytishicha, shunda devor quyoshda qizib ketib, migrantlar uni oshib o‘ta olmaydi.
Live
Barchasi