Putin Rahmonga ham Tramp bilan uchrashuvi haqida ma’lumot berdi

Olam

image

Bugun, 18 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml xabar berdi. 

Suhbat davomida Putin Ankorijdagi Rossiya-AQSH uchrashuvining natijalari bo‘yicha o‘z mulohazalarini Imomali Rahmon bilan bo‘lishgan. 

Imomali Rahmon Ukrainadagi inqirozni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan qadamlarni qo‘llab-quvvatlagan. 

Suhbat davomida Rossiya-Tojikiston hamkorligini rivojlantirish masalalari hamda Rossiya Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan. Ushbu tadbirlar oktyabr oyida Dushanbeda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 15 avgust kuni AQSHning Alyaska shtatida Tramp va Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16 avgust kuni soat 04:25 da yakunlandi. Alyaskada 2 soat-u 45 daqiqa davom etgan muzokaralar yakunida Tramp va Putin birgalikdagi matbuot anjumanida qatnashdi, biroq jurnalistlarning savollariga javob bermadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Alyaskadagi Rossiya-Amerika sammiti natijalari haqida axborot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Imomali Rahmon Ankorij

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing