“O‘rikzor” bozori buziladimi?
Jamiyat
−
15 iyul 9205 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan “O‘rikzor” bozori buzilib, yopilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ hech qanday qurilish yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilmaydi. Majmua hududidagi barcha ob’ektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda.
Uning tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Toshkent shahri aholisi va mehmonlaridan iltimos qilamiz: tasdiqlanmagan, norasmiy xabarlarga ishonmang”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozori to‘liq buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq holat yuzasidan shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirib, bozorning faoliyati ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli to‘xtatilganini hamda bozorning bir qismi qayta tiklanganini ma’lum qilgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr