Avtobus haydovchisi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi
Tahlil
−
22 dekabr 4484 1 daqiqa
Toshkent shahrining Sergeli tumanida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa joriy yilning 20 dekabr kuni taxminan soat 17:00 lar atrofida Xonobod ko‘chasida joylashgan temiryo‘l kesishmasida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, temiryo‘l orqali poyezd o‘tayotgani sababli bir yo‘nalishdagi avtobus harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Uning ortidan kelib to‘xtagan “12-avtobus saroyi” filialiga qarashli, 127-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobus haydovchisi qor yog‘ayotganligi sababli old oynani tozalash maqsadida transport vositasidan tushgan. Biroq haydovchi qo‘l tormozini tortishni unutgan.
Shu payt avtobus kutilmaganda oldinga siljib, haydovchini bosib ketgan. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtobus salonida yo‘lovchilar ham bo‘lgan.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasidagi ushbu videoreportajni tomosha qiling.
Live
Barchasi