O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
Sport
−
10 iyul 10772 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida avvalgi o‘rnidan ikki pog‘ona yuqorilab, 55-o‘rindan joy oldi. Bu haqda tashkilot tomonidan e’lon qilingan milliy jamoalarning yangilangan reytingida keltirilgan.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan. Yaponiya MTJ umumiy reytingda 2 pog‘ona pastlab, 17-o‘rinni egallaganiga qaramay, qit’a miqyosida 1-o‘rinda qolmoqda. Uning ortidan Eron joy egallagan (20). Keyingi o‘rinlarda ketma-ket Janubiy Koreya (23) va Avstraliya (24) bormoqda. Osiyo miqyosida Qatar milliy terma jamoasi o‘zbekistonliklardan oldinda bormoqda – 53-o‘rin.


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MTJ so‘nggi ikki uchrashuvini Qatar va BAA jamoalariga qarshi o‘tkazdi. Jahon chempionati-2026 masalasini hal qilgan BAA bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, saralashning so‘nggi o‘yinida Qatar Toshkentda 3:0 hisobida tor-mor etilgandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr