O‘zbekiston yilni FIFA reytingida 50 talikda yakunlaydi
Sport
−
18:00 1542 1 daqiqa
Joriy yilning dekabr oyidan so‘ng FIFA reytingi yangilandi. Bu oyda xalqaro musobaqalarda qatnashmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yilni reytingda 50-o‘rnida yakunlaydi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnini saqlab qoldi. Shu ratiqa Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 2025 yilni 50-o‘rinda yakunlamoqda. Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etgan. O‘zbekistondan yuqorida, Avstraliya (26), Janubiy Koreya (22), Eron (20) va Yaponiya (18) milliy terma jamoalari o‘rin olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ reytingda 1462.03 ochko jamg‘argan.
Reytingda Ispaniya terma jamoasi 1-o‘rinni, Argentina terma jamoasi 2-o‘rinni, Dide Desham shogirdlari 3-o‘rinni saqlab qolgan.
Umumiy yuqori o‘nlik esa quyidagicha:
- Ispaniya
- Argentina
- Fransiya
- Angliya
- Braziliya
- Portugaliya
- Niderlandiya
- Belgiya
- Germaniya
- Xorvatiya.
Live
Barchasi