Malibu’ning jarimalarini bekor qilgan YPX xodimlari jazolandi
3-sahifa
−
05 iyul 11991 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida qonunsizlik va korrupsiya avj olayotgani hamda unda Malibu-2 rusumli avtotransport vositasi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar asossiz bekor qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan muqaddam fuqaro O‘.A. arizasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, YHXBning 5 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.
Shuningdek, Malibu-2 rusumli avtotransport vositasi bilan sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi shaxs yo‘l-patrul xizmati inspektoriga 1 million so‘m miqdorida pora taklif etgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi