Isroil havo hujumlarida G‘azo sektorida 37 falastinlik halok bo‘ldi
Olam
−
04 iyul 1844 1 daqiqa
Isroilning G‘azo sektorida bugun, 4 iyul kuni ertalab boshlangan qator hujumlari oqibatida kamida 37 nafar falastinlik, jumladan, gumanitar yordam kutayotgan 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi yordam kutayotgan odamlar guruhlari, ko‘chirilganlar joylashgan chodirlar, maktab va turarjoylarni nishonga olgan.
Eng yirik hujum Xon Yunus sharqidagi evakuatsiya hududida sodir bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 15 kishi halok bo‘lgan, 90 ga yaqin kishi yaralangan.
G‘azo shahri janubidagi Sabra mahallasida Deyri oilasining uyiga uyushtirilgan havo hujumida 3 kishi halok bo‘ldi. Sektorning markaziy qismida, Bureyj qochqinlar lagerida, Chelebilar oilasining uyiga berilgan havo hujumida to‘rt nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Xon Yunusning g‘arbidagi Mevasida ko‘chirilgan odamlar yashaydigan chodirga havo hujumi uyushtirildi. Tayba minoralari yaqinida sodir bo‘lgan hujumda aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan 8 kishi halok bo‘ldi. Xon Yunus qirg‘oqlari bo‘ylab ikkita chodirga urilib, to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi, jumladan, ayollar va bolalar yaralandi.
Britaniya dala shifoxonasi yaqinidagi odamlar yordam kutayotgan chodirga navbatdagi hujum uyushtirildi. Zarbada uch kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan.
Live
Barchasi