Rossiya Ozarbayjonga tahdid qilayotgani yo‘q – Kreml

Olam

image
Rossiyada ozarbayjonlik yana bir tadbirkor qo‘lga olindi (video) north_east

Rossiyada ozarbayjonlik yana bir tadbirkor qo‘lga olindi (video)

Rossiya Ozarbayjonga hech qachon tahdid qilmagan va tahdid ham qilmaydi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

U so‘nggi bo‘layotgan voqealarda rasmiy Kiyevni ayblagan. Uning qayd etishicha, Ukraina hukumati Moskva va Baku o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirish uchun hamma narsani qiladi.

“Rossiya Ozarbayjonga hech qachon tahdid qilmagan va tahdid ham qilmaydi. Hatto asosiy sabab – tergov harakatlari va jinoyatni ochish bo‘yicha ishlar, shu jumladan Rossiya hududida Ozarbayjon fuqarolariga nisbatan qilingan ishlarda ham. Albatta, Kiyev rejimi bu ma’lumotni har tomonlama taranglikni qo‘zg‘atish uchun ham qiladi”, degan Peskov.

U, shuningdek, Ozarboyjonda hibsga olingan Rossiya fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanilishini ta’kidladi.

“Yekaterinburgda hibsga olishlar turli jinoyatlar, jumladan Ozarboyjon fuqarolariga qarshi jinoyatlarni tergov qilish doirasida amalga oshirildi”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, iyun oyining oxirida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan yillardagi qotillik ishi doirasida asli ozarbayjonliklar qo‘lga olindi. Reyd davomida ikki kishi – aka-uka Safarovlar vafot etdi. Yekaterinburg sudi esa ish doirasida besh kishini hibsga olgan: Ahliman Ganjiyev, Mazohir, Akif, Ayaz va Bakir Safarov. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi – avval ayrim a’zolari qo‘lga olingan uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan qotillik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Ozarbayjon diasporasi rahbari Shaxin Shixlinskiy hibsga olindi va so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborildi. Shuningdek, ozarbayjonlik taniqli tadbirkor Yusuf Xalilov ham ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Rossiya-Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing