Rossiyada ozarbayjonlik yana bir tadbirkor qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qurilish kompaniyasining 32 yoshli bosh direktori Mark Aleksandrovich Amurov umumiy qiymati 46 million rubl (7 milliard 413 million 96 ming 278 so‘m) dan ortiq bo‘lgan firibgarliklarda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tayanib, RBK xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 159-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi turar-joy binolari qurilishiga sarmoya jalb qilish va keyinchalik ularni ijaraga berish bahonasida harakat qilib, aldov yo‘li bilan uch nafar sankt-peterburglikning mablag‘larini o‘zlashtirgan. Gumonlanuvchi qo‘shni davlatlardan birida tug‘ilgan.

Tadbirkor Pargolovo qishlog‘ining Vologodskaya ko‘chasidagi shaxsiy uyida qo‘lga olingan. Tintuv chog‘ida xavfsizlik kuchlari tomonidan mulkka oid hujjatlar, uyali telefon va pul (rubl va xorijiy valyutada) olib qo‘yilgan.

“78.ru” portalining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs Ozarbayjonda tug‘ilgan. Uning uyida xavfsizlik kuchlari 175 ming funt-sterling va 500 dollar topgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs “Amurov Group” MCHJga rahbarlik qiladi va ishda sankt-peterburglik tadbirkorlarni mos ravishda 9,6 million va 22 million rublga aldash bo‘yicha ikki epizod bor.

Uchinchi holatda, ish materiallariga ko‘ra, qurilish kompaniyasining bosh direktori jabrlanuvchini 14,7 million funt-sterlingga aldagan. Unga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsga qo‘yilgan jinoyatlar 2020 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ozarbayjon diasporasi rahbari Shahin Shixlinskiy va uning o‘g‘li Mutvala Shixlinskiy hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya firibgarlik Ozarbayjon Mark Aleksandrovich Amurov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing