Rossiyada 15 yoshli qizga tajovuz qilishda gumonlangan o‘zbekistonlik ushlandi
Olam
−
03 iyun 6811 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya xodimlari 15 yoshli maktab o‘quvchisiga tajovuz qilishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktab o‘quvchisiga zo‘ravonlik joriy yilning 31 may kuni kechqurun sodir bo‘lgan. 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qizni Kustodiyev ko‘chasidagi bolalar maydonchasidan olib ketgani aytilmoqda. Qizning bedarak yo‘qolganini otasi politsiyaga xabar qilgan.
Maktab o‘quvchisi ertasi kuni ertalab Rudnev ko‘chasida topilib, shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar uning bo‘ynida jarohatlar aniqlagan. Ko‘rikdan so‘ng jabrlanuvchi uyiga yuborilgan.
Qizning aytishicha, migrant unga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravon harakatlar sodir etgan. Nashrga ko‘ra, ushbu shaxs avvalroq o‘ldirish bilan tahdid qilish aybi bilan sudlangan, biroq unga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak ayol kishini zo‘rlashda gumonlanib, qo‘lga olingandi. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi