Samarqandda korxona 3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi (video)
3-sahifa
−
29 may 3215 1 daqiqa
Samarqand shahrida korxona 3 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning “Farhod” qo‘rg‘onida joylashgan “G. F. E.” MJCHga qarashli korxonada iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan ulanib, undan o‘g‘rincha foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan hamda 3 milliard 84 million so‘mlik zarar hisoblangan. Mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ko‘p qavatli turarjoy binolari hisoblagich o‘rnatmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 1 milliard 86 million so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr