Qozog‘iston ham bojlar bo‘yicha AQSH bilan muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Qozog‘iston delegatsiyasi import bojlari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun AQSHga boradi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Janel Kushukova  joriy yilning 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Senatdagi brifingda so‘z ochdi.

“Bunday maslahatlashuvlardan butun mamlakat manfaatdor. Biz ham shu yerdamiz. Hozirda bu masala hukumatda har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda, uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar yaqin orada Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadi, ammo aniq sanasi hali noma’lumligicha qolmoqda. Ikki tomonlama uchrashuvlarning delegatsiya tarkibi ham oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp butun dunyo bo‘ylab o‘nlab davlatlarga boj stavkalarini joriy qilgan edi.  Bu ro‘yxatga Qozog‘iston ham kiradi. Oq uy tomonidan e’lon qilingan jadvalda Qozog‘iston uchun belgilangan tarif 27 foizni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Savdo vazirligi ushbu soliq Qozog‘istondan AQSHga eksport qilinadigan tovarlarning 92 foiziga bog‘liq emasligini ta’kidlab, rasmiy ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qozog'iston boj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing