Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Isroil Suriyaning bosib olingan hududi bo‘ylab “sayohat” uyushtirmoqda 

Olam

image

Isroil Mudofaa kuchlari va Jo‘lon mintaqaviy kengashi ilk bor isroilliklar uchun Suriyaning Isroil tomonidan bosib olingan hududlarida “turistik sayohat” uyushtirmoqda. Bu haqda Isroilning “Haaretz” gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ekskursiyalarga harbiy xizmatchilar hamrohlik qiladi. Qayd etilishicha, “turlar” avvallari tinch aholiga “kamdan kam hollarda tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan” hududlarni qamrab oladi.

Ekskursiya Isroil, Livan va Suriya chegaralarining tutashgan joyida joylashgan Ruqqad vodiysiga, shuningdek, Xermon tog‘i (Jebel al-Shayx), Jabal er-Rus hududi va Yarmuk daryosi yaqinidagi Hijoz temiryo‘l tunneliga sayohatni o‘z ichiga oladi.

Ekskursiyalar Jo‘lon tepaliklaridagi noqonuniy aholi punktlari vakillari ko‘magida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Isroil 1967 yilda Suriyadan Jo‘lon tepaliklarini bosib olgan. 2024 yil 8 dekabrda Suriyada Baas partiyasi rejimi ag‘darilganidan beri Isroil Suriya hududining bir qismini bosib olib, havo hujumlarini amalga oshirdi.

2 aprel kuni Isroil armiyasi Xama aeroporti va uning atrofidagi hududlarga, Xoms viloyatidagi T4 harbiy aeroportiga va Ammasdagi harbiy nishonlarga 14 dan ortiq havo hujumini amalga oshirdi. Daraa viloyatining g‘arbiy qismi minomyot va artilleriyadan o‘qqa tutildi.

Suriyaning rasmiy axborot agentligi SANA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning Dara shahriga uyushtirgan hujumlari oqibatida 9 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, ko‘plari yaralangan. 3 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashq chekkasi Kisvaga zarba bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing