Ziroat Mirziyoyeva Haydar Aliyev markazi bilan tanishdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Ozarbayjondagi Haydar Aliyev markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda “Azertag” xabar berdi.

Markaz direktori Anor Aliakbarov Ziroatxon Mirziyoyevaga jahon me’morchiligining noyob durdonalaridan biri hisoblangan Haydar Aliyev markazi haqida ma’lumot berib o‘tgan. 

Dastavval birinchi xonim “Ozarbayjon marvaridlari” ko‘rgazmasi bilan tanishgan.

Ozarbayjon tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi ushbu ko‘rgazmada mamlakatning tabiiy boyliklari, ko‘p asrlik tarixi va madaniy merosiga oid eksponatlar namoyish etilgan.

Shuningdek, unga markazda tashkil etilgan “Musiqa asboblari: birlik va rang-baranglik” ko‘rgazmasi ko‘rsatilgan.

Mirziyoyevaga Haydar Aliyev jamg‘armasi tomonidan turli manbalardan to‘plangan noyob kolleksiya – XVIII-XX asrlarga oid 200 ga yaqin cholg‘u asboblari haqida ma’lumotlar ham berib o‘tilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining rafiqasiga “Ozarbayjon gilami – naqshlar raqsi” to‘plami ham namoyish etilgan. Ozarbayjonda gilamdo‘zlik san’ati asrlar davomida xalq madaniyati va turmushining ajralmas qismi bo‘lib, bugungi kungacha yetib kelgani alohida ta’kidlangan.

Ziroatxon Mirziyoyeva markazga tashrifi davomida Haydar Aliyev Ozarbayjonga rahbarlik qilgan davrda rasmiy foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni ham ko‘zdan kechirgan. 

Yakunda u faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga borgandi. Dastavval ular Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. So‘ngra Shavkat Mirziyoyev Bakudagi Shahidlar xiyoboniga borib, yodgorlikka gulchambar qo‘ydi.

Bundan tashqari, Baku shahridagi “Guliston” saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va birinchi xonimi Mehribon Aliyeva nomidan ziyofat tashkil etildi. Shuningdek, ikki davlat birinchi xonimlarining ham alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Haydar Aliev Ziroat Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing