Turkiya vitse-prezidenti Mirziyoyev bilan nimani gaplashdi?

Intervyu

image

Kecha, 1 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani xabar qilingandi. Yilmazning Toshkentga safari davomida QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova undan Prezident bilan uchrashuvda nimalar haqida gaplashganini so‘radi.

“Men janob Mirziyoyevni anchadan beri kuzatib kelmoqdaman. Juda kuchli, haqiqatdan ham, mamlakati uchun juda katta ishlar qila olgan lider. Erkin bozorga chiqish, tashqi dunyo uchun ochilish, islohotlar, tashkiliy tuzilmalarning rivojlanishi kabi katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Men ham vaqti-vaqti bilan kelib ketayotganimda shuning guvohi bo‘lyapman. Endi ba’zida ichkarida yashayotganlar ko‘rolmayotgan bo‘lishi mumkin. Tashqaridan kelib ketsangiz, bunday o‘zgarishlarni, rivojlanishlarni yanada yaxshiroq ko‘ra olasiz. Butun O‘zbekiston xuddi bir inshoot kabi o‘zgarishlar ichida. Biz nafaqat O‘zbekistondagi rivojlanishlar-u, ikki tomonlama hamkorligimizni, qolaversa boshqa platformalar – Turkiy davlatlar tashkiloti kabi platformalardagi munosabatlarimizni ham muhokama qildik”, dedi Turkiya vitse-prezidenti.

Yilmazning aytishicha, u Mirziyoyevning turli masalalardagi fikrlarini eshitish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 

“U ba’zi muhim masalalarga e’tibor qaratdi. Bu masalalar bo‘yicha ham janob Jamshid Qo‘chqorov bilan birga yaqindan shug‘ullanamiz”, dedi Javdat Yilmaz.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya O'zbekiston Javdat Yilmaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made