Atamboyev xatolari va nimadan afsuslanishini aytdi

Olam

image

Qirg‘izistonning hibsga olingan sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari sifatidagi faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosi va nimadan afsuslanishini ma’lum qildi. Atamboyev qo‘lga olinishidan bir necha soat avval Qo‘y-Toshdagi uyida “Open Central Asia” nashriga intervyu bergan.

Sobiq Prezidentdan qaysi rejalarni amalga oshira olmay qolgani va nimadan afsuslanishi so‘ralgan.

“Avvalambor bizning milliyligimizdan kelib chiqib, klassik parlament boshqaruviga o‘tishni yakunlash kerak edi. Biz yarim yo‘lda to‘xtab qoldik. Ikkinchidan, mendan keyin Prezident bo‘lgan insonni o‘rganishga yetarlicha tanqidiy yondasha olmadim. Sooronbay Jeenbekov xarakterining ayrim xususiyatlariga e’tibor bermadim. Afsus... Natijada mening birgina xatoyim bilan mamlakatdan rivojlanishdan to‘xtab qoldi.

Men qayg‘uradigan boshqa xatolar ham bo‘lgan. Istab, istamay hafa qilgan odamlar bor. Bularning bari oson emas...”, degan Almazbek Atamboyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Toshda o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida Almazbek Atamboyev hibsga olindi. Sud uni dastlab 18 kunga, keyin oktyabr oyigacha hibsda saqlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Atamboyev oilasiga tegishli bo‘lgan mulklar sud taqiqiga uchradi. Uning rafiqasi Raisa Atamboyevaga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu voqealar bo‘layotganda Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva va kichik o‘g‘li Qodirbek Atamboyev xalqqa murojaat bilan chiqish qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Almazbek Atamboev

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing